Twitter asosçisi va boş direktori Jyek Dorsi mikrobloglar xizmatidagi öz sahifasiga bir muddat kira olmay qoldi, deb yozmoqda The Wall Street Journal gazetasi.
Ta'kidlanişiça, uning şaxsiy akkauntiga yarim soatlar kira olmagan. Sahifasi qayta tiklanganidan keyin Dorsi akkauntida atigi 200 kişi obuna bölganini köriş mumkin edi. Biroq, bir muddatdan söng, obunaçilar soni avvalgi 3,8 mln kişiga yetgan. Dorsining özi, bu hodisadan keyin Twitter sahifasida yozişiça, «içki xato» tufayli şunday noxuşlik yuz bergan.
Xabarlarga köra, kompaniya foydalanuvçilar spam yoki haqoratli xabarlar tarqatayotgan akkauntdan arz qilişsa, uni tösib qöyişadi. Bundan taşqari, xakerlar hujumiga uçragan sahifalar ham tösiladi.
Qayd etilişiça, kompaniya sönggi vaqtlarda qoidalarga zid faoliyat yuritadigan sahifalarni bloklaşni köpaytirgan.
Avgust oyida Twitter 235 ming sahifani terrorizmni tarğib qilgani uçun tösib qöygan edi.








