Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosining (DIIHB) 4 dekabr kuni bölib ötadigan Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş böyiça missiyasi 24 noyabr kuni e'lon qilingan oraliq hisobotida nomzodlarning saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkazişdagi faolligini qayd etgan. Şu bilan birgalikda saylovoldi kampaniyasi jarayonida nomzodlar iştirokida siyosiy debatlar ötkazilmaganiga e'tibor qaratilgan.

Hisobot joriy yilning 2 noyabridan 20 noyabrigaça bölgan davrda Özbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş jarayonini kuzatiş yakunlari böyiça tayyorlangan.

«2015 yilning martidagi prezidentlik saylovi yakunlariga köra, şu yilning dekabrida «Markaziy saylov komissiyasi töğrisida»gi, «Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida»gi qonunlarga hamda boşqa qonun hujjatlariga kiritilgan özgartişlar va qöşimçalarda siyosiy debatlar ötkazilişi nazarda tutilgan bölişiga qaramasdan, hozirça debatlar bölmadi», deyilgan hisobotda.

Missiya ma'lumotlariga köra, barça nomzodlar hukumatni yoki bir-birini tanqid qilişdan tiyilmoqda. Ularning har biri saylovçilarning alohida tabaqalari ovoziga ega bölişni közlagani qayd etilgan.

Şu bilan birga missiya prezidentlikka nomzod bölmişlarning butun mamlakat böylab saylovçilar bilan köpdan-köp uçraşuvlar ötkazayotganini alohida qayd etgan.

«Hokimiyat ötkazilişi izçillik va barqarorlik şaroitlarida amalga oşirilmoqda. Jamiyatda bunga işonç kuçlidir», deyilgan oraliq hisobotda.

Hisobotda saylov komissiyalarini şakllantirişning demokratik tartibi ta'riflangan. Saylov komissiyalari hokimiyatning ijro etuvçi tarmoğining iştirokisiz fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining takliflari asosida joylardagi hokimiyat vakillik organlari tomonidan şakllantiriladi.

«Saylovçilarni xabardor qiliş böyiça kompleks va intensiv kampaniya» DIIHB ekspertlarining diqqat-eʼtiborini öziga qaratgan.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan saylov amaliyotida birinçi marta Saylovçilarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltiriş dasturi qabul qilinganligi ta'kidlandi. Uşbu dasturda birovning örniga ham ovoz beriş kabi holatlarning oldini oliş borasidagi işlar alohida örin egallaydi. Dasturni amalga oşirişda fuqarolik jamiyati institutlari faol iştirok etmoqda. Özbek, qoraqalpoq va rus tillarida teledasturlar tayyorlaş va surdotarjimasi bilan birga efirga uzatiş muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etilgan.