Sport | 12:43 / 25.11.2016
8226
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul»ning sobiq futbolchisi: «Jyerrard men uchun hech kim»

Angliyaning «Liverpul» klubi va Senegal terma jamoasi sobiq hujumchisi El Hoji Diuf mersisaydliklarning yana bir sobiq a'zosi Stiven Jyerrard haqida fikrlarini bayon qildi.

«Jyerrardni futbolchi sifatida hurmat qilardim, inson sifatida esa yo‘q. Men buni unga tushuntirganman. U men uchun boshqa futbolchilar qatoridagi oddiy klub a'zosi edi. U yechinish xonasida nimalar sodir bo‘lganini murabbiyga yetkazadigan odam emas, o‘z ishini qilishi kerak bo‘lgan futbolchi edi.

U mening hech qachon jim o‘tirmasligim va aytgan gapim uchun afsus qilmasligimni biladi. Jyerrard ko‘zimga qaray olmasdi, chunki u mendan qo‘rqardi. U men bilan gaplashishdan qo‘rqardi. «Liverpul»ga ilk marta kelganimda birinchi bo‘lib mendan futbolkamni sovg‘a qilishimni so‘ragan, aksincha emas», — deya Diufdan iqtibos keltiradi FourFourTwo.

Mavzuga oid