Sport | 13:01 / 09.03.2017
10999
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Lineker, Ferdinand, Jyerrard va Ouen oltinchi golni katta ehtiros bilan nishonladi

Video: Lineker, Ferdinand, Jyerrard va Ouen oltinchi golni jazavaga tushib nishonladi

Britaniya televideniyesida ekspert bo‘lib ishlayotgan Angliya terma jamoasining sobiq futbolchilari Gari Lineker, Rio Ferdinand, Maykl Ouen va Stiven Jyerrard YeChL nimchorak finalida «Barselona»ning «PSJ»darvozasiga kiritgan g‘alaba golini katta quvonch bilan kutib olishdi.

«Barselona» birinchi uchrashuvda 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan, 5:1 hisobi ham ularni qoniqtirmas edi. Ammo o‘yinning 85-daqiqasida faqat 3:1 hisobida g‘alaba qilib turgan Luis Enrike shogirdlari qolgan daqiqalarda 3ta gol urib, kerakli natijaga erishdi. Oxirgi soniyalarda Serxi Roberto urgan gol barchasini hal qildi.

O‘yinni jonli efirda kuzatib, sharhlab turgan sobiq futbolchilar ko‘rsatgan reaksiya videotasvirida ko‘rish mumkinki, ularning barchasi futboldagi yangi mo‘'jizadan qattiq hayratlanishgan. Ayniqsa, Maykl Ouen xonani aylanib yugurgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid