Isroil politsiyasi mamlakatning bir neçta şaharlaridagi turar joy mavzelarida yonğinlarni uyuştirgan 22 kişini hibsga oldi, deb xabar bermoqda huquq-tartibot muassasalaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda The New York Times naşri.
Jerusalem Post naşri ma'lumotlariga köra, 26 noyabrda Binyamin okrugidagi Xalamiş posyolkasidagi köp qavatli uylarga öt qöyişga aloqador bölganligi tekşirilayotgan ikki kişi qölga olingan.
Posyolkada yonğin 25 noyabrda keçki payt yuzaga kelgan va ertasiga ertalab 22 öt öçiruvçi brigada tomonidan tarqalişi töxtatilgan. Ayni vaqtda yonğinning asosiy öçoqlari bartaraf etilgan.
Hammasi bölib 15 ta uy yonib ketgan va 22 ta inşootga zarar yetgan. Aziyat çekkan mavzelar aholisi evakuatsiya qilingan. Yonğin oqibatida 4 kişi jarohat olgan, ular şifoxonaga yetkazilgan.
Isroil huquq-tartibot muassasalari mamlakatning bir neça aholi punktlarida 24 noyabrda boşlangan yonğinlarni batafsil tergov qilmoqda.












