JARda begemot avtomobilga hujum qilib, jiddiy zarar yetkazdi. Bu haqda UPI agentligi xabar bermoqda.

Voqea Mozambikdan öz yöltanlamasida qaytayotgan 26 yoşli Vikus Ceroni bilan sodir böldi. Kryuger milliy boğidagi köprikka kelib qolgan haydovçi begemotni payqagan bölsa-da, öz yölida davom etaverdi. Haydovçi jonivor odamlarga örganib qolgan, deb öylagan.

“Kutilmaganda gippopotam burilib, men tomonga qarab yugurib kela boşladi, - deya aytib berdi Seroni jurnalistlarga. – Men u töxtamasligini tuşunib, töqnaşuvga tayyorgarlik köra boşladim”. Jonivor maşinaga hujum qilib, voqea joyidan ketib qoldi. Eşiklardan biri va kapot jiddiy zarar körgan. Bundan taşqari, avtomobilda tiş izlari ham qoldi. Seronining fikriça, unga hali ham omad kulib boqdi: yon tarafga berilgan zarba tufayli maşina jarlikdan pastga qulab tuşişi mumkin edi.