Kechki dayjest: 1 dekabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 1 dekabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Yangi prezidentga yangi qarorgoh barpo etilishi mumkin
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov uchun xotira muzeyi Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida barpo etiladi.
O‘zbekistonning yangi bosh vaziri O‘zLiDeP partiyasidan bo‘ladi
Parlamentda ko‘pchilik o‘ringa ega bo‘lgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi prezident tasdiqlashi uchun bosh vazirlikka nomzodini ko‘rsatadi.
Shavkat Mirziyoyev Braziliya prezidentiga ta'ziya bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Braziliya Federativ Respublikasi Prezidenti Mishel Migel Elias Temerga Kolumbiyada Braziliya yo‘lovchi samolyotining halokatga uchrashi va natijada ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi munosabati bilan samimiy ta'ziya izhor etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda "Yo‘qolsin to‘siq!" nomli petitsiya paydo bo‘ldi
Toshkent shahri haydovchilari O‘zbekiston hukumati rahbariyatidan poytaxt ko‘chalaridagi harakatlanish qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida yangi petitsiyani e'lon qilishdi.
Ostonada o‘zbek-qozoq savdo uyi ochildi
«O‘zagroeksport» AJ Qozog‘iston Respublikasidagi sheriklari bilan hamkorlikda Ostonada «Tsentralno-Aziatskiy Torgovyy dom» mas'uliyati cheklangan shirkatini ochdi.
Qirg‘iziston O‘zbekistonga Qambar ota GESini qurishni taklif qilmoqchi
Qirg‘iziston O‘zbekistonga Qambar ota GES-1 qurish taklifini bermoqchi.
Putin va Erdo‘g‘an Turkiyaning Suriya bo‘yicha pozitsiyasini muhokama qilishdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an telefon orqali Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishdi.
Atambayev Rossiya harbiy bazasi Qirg‘iziston hududidan “ketishi lozimligi”ni ma'lum qildi
Rossiya Qirg‘izistonning strategik sherigi bo‘lib qoladi, biroq respublika harbiy sohada o‘zining kuchiga tayanishi lozim, deb ma'lum qildi mamlakat prezidenti Almazbek Atambayev yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida.
Erdo‘g‘an Putinga Suriya bo‘yicha bayonoti yuzasidan izoh berdi
Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma'lum qildiki, Vladimir Putin va Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an chorshanba kuni Ankaraning Suriya masalasi bo‘yicha bayonotini muhokama qildi.
Tramp Qozog‘iston prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazdi
AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Pokiston bosh vaziri Navaz Sharif bilan telefon orqali suhbatlashdi.
Atambayevdan hisobot: Amaldorlar, korrupsiya, islohotlar, muhojirlar va o‘z qo‘shiqlari haqida
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 2016 yil yakunlarini sarhisob qildi.
Nursulton Nazarboyev: Baxtli bo‘lish uchun prezident bo‘lish shart emas
Qozog‘istondagi respublika yoshlar forumida ishtirok etgan mamlakat rahbari Nursulton Nazarboyev ba'zi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Buyuk Britaniyada yangi kupyura deb katta mojaro chiqdi
Buyuk Britaniyada 5 funt sterling qiymatidagi yangi kupyura sababli katta mojaro chiqdi.
Xitoy shamol energetikasiga 102 milliard dollar sarflamoqchi
Xitoy 2020 yilgacha shamol energetikasiga 102 milliard dollar sarflashni rejalashtirmoqda.
Rossiyada Ravon R2 sotuvga chiqarildi
Ravon brendining Rossiyadagi vakolatxonasi yangi dizayndagi R2 (Spark) xetchbeklari savdosini boshladi.
2017 yilda taqib yuriluvchi qurilmalar bozorida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
Ikki yil muqaddam Uoll-Strit va Kremniy vodiysi ekspertlari tez orada taqib yuriluvchi qurilmalar bozorida yana bir ilgari sakrash yuz berishini aytishgan edi.
Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi
Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi.
Oksana Chusovitina tayanch sakrash musobaqalarida jahonda tengsiz ekanligini isbotladi
25-26 noyabr kunlari Mexikoda (Meksika) sport gimnastikasi bo‘yicha Abierto Mexicano de Gimnasia xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Norvegcha mot: Jahon shaxmat tojining sohibi ma'lum bo‘ldi
Nyu-Yorkda shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun bo‘lib o‘tgan bahs nihoyasiga yetdi. Jahon chempioni unvonini, 30 noyabr kuni o‘zining 26 yoshini qarshilagan norvegiyalik Magnus Karlsen munosib himoya qila oldi.
Darvozabon qaychi uslubida to‘p kiritib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (Video)
JAR chempionatining “Baroka” va “Orlando Payrets” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda futbol olamidagi o‘ta noyob voqea ro‘y berdi.
«Shapekoense» halokatiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilindi
Kolumbiya fuqarolik aviatsiyasi xavfsizligi xizmati rahbari Freddi Bonilya bortida braziliyalik futbolchilar bo‘lgan samolyot halokatga uchrashi sababini ma'lum qildi.
Beyl qachon maydonga qaytishi ma'lum bo‘ldi
«Real» hujumchisi Garet Beyl jarohati yuzasidan jarrohlik amaliyotidan o‘tgach, uning tiklanish muddati ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024