Nyu-Yorkda şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun bölib ötgan bahs nihoyasiga yetdi. Jahon çempioni unvonini, 30 noyabr kuni özining 26 yoşini qarşilagan  norvegiyalik Magnus Karlsen munosib himoya qila oldi. 

Qayd etiş joizki, 12 partiyadan söng da'vogarlarning ikkisida ham bir xil imkoniyat saqlanib qolgan edi. Raqiblar 12ta bahsning 10tasini durang natija bilan yakunlaşgandi. Şaxmat toji uçun keçgan va hal qiluvçi bölişi lozim bölgan oxirgi kuç sinaşiş esa eng qisqasi böldi. Şaxmatçilar 35-daqiqadan söng durangga imzo çekişdi. Rossiyalik va norvegiyaliklar öz munosabatlarini tay-breykda hal qiladigan bölişdi. 

Köpçilik tay-breyk avvalida şaxmat toji sohibi imkoniyatlarini yuqori baholaşgan bölsa, boşqa mutaxassislar tay-breykni qaysidir ma'noda lotereyaga qiyoslaşdi. 

Foto: Shannon Stapleton / Reuters

Rossiyalik grossmeyster Karyakin dastlab oq donalarda boşladi. Bellaşuv ispança partiya böldi. Ba'zi hollarda Karlsen vaqtdan unumli foydalanib, tezroq yurişga uringan bölsa ham 37-yurişdan keyin durangga imzo çekişdi. 

Ikkinçi tay breykda oq donalarni surgan Karlsen italyança partiyada öynaşga qaror qildi. Murosasiz, ammo köp jihatdan Karlsen ustunligida ötgan bahs yana bir bor durang bilan yakunlandi. 

Törtinçi tay-breyk hal qiluvçisi böldi. Töliq qurşovda qolgan Karyakin eng keskin debyutlardan biri – sitsiliyaça himoyani qöllaşga qaror qildi. Bundan taşqari, ayrim yurişlar uçun beş daqiqa vaqt sarflab, bu borada ham raqibiga imkoniyatni boy bera boşladi. Karlsen esa asta-sekinlik bilan öz pozitsiyalarini yaxşilab bordi. Tay-breyk oxirlariga borganda da'vogar ançagina çarçagani sezilib qoldi. Tezkor şaxmatning törtinçi partiyasi 40-yurişi Karyakin orzularini çippakka çiqardi. 

Ta'kidlaş joizki, şaxmat böyiça jahon çempionligi tarixda törtinçi marotaba tay-breyklarda aniqlandi. Dastlab, 1998 yili rossiyalik Anatoliy Karpov hindistonlik Vişvanatan Anandni mağlub etgandi. 2006 yilda yana bir rossiyalik şaxmat ustasi Vladimir Kramnik bolgariyalik Veselin Topalovni doğda qoldirdi. 2012 yili Anand belorussiyalik Boris Gelfanddan ustun kelgandi. 

Karyakin ustidan ğalaba norvegiyalik Karlsen uçun uçinçi jahon çempionligidir. 
Turnir mukofot jamğarmasi 1 mln dollarni taşkil etadi. U 60 ga 40 nisbatida çempion foydasiga taqsimlanadi.