Ravon brendining Rossiyadagi vakolatxonasi yangi dizayndagi R2 (Spark) xetçbeklari savdosini boşladi. Rossiya bozoriga çiqarilgan avtomobilning radiator panjaralari, tumanga qarşi faralari va old bamperi biroz özgarişga uçragan. Maşina 86 ot kuçiga ega 1,2 litrli motor va avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan bölib, 439 ming rubldan taklif etilmoqda.

Chevrolet Spark’ning nusxasi bölgan Ravon R2 Özbekistondagi «GM-Uzbekistan» zavodida 2016 yildan boşlab işlab çiqarilmoqda. Avtomobil rasman Rossiya, Ukraina va Qozoğiston bozorlariga eksport qilinadi.

Ilgariroq «Avtostat» 2016 yil yakuniga köra Ravon’ning Rossiyadagi dilerlari 756 ta avtomobil sotişganini ma'lum qilgandi. Bugungi kunda Rossiyada Gentra va Nexia R3 sedanlari, Ravon R2 xetçbeki sotilmoqda. Bundan taşqari, 1 dekabrdan Rossiya bozorida Chevrolet Cobalt’ning özgarişga uçragan versiyasi – Ravon R4 sedani sotila boşlanadi.