Boks böyiça Olimpiya öyinlari ğolibi Hasanboy Dösmatov va boks murabbiyi Ravşan Xadjayev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi.
Özbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatidan xabar berişlariça, Hasanboy Dösmatov va Ravşan Xadjayev sovrin topşiriladigan gala-konsertda iştirok etiş uçun 1 dekabr kuni Odessa şahriga jönab ketişdi.
"Oltin Mangust" - xalqaro mukofoti jahon maydonlarida yuksak natijalarga erişgan sportçilarni şaraflaş, sport an'analarini mustahkamlaş, soğlom turmuş tarzi va sport rivojiga hissa qöşgan murabbiylar, faxriylarni e'zozlaş maqsadida tasis etilgan.

"Oltin Mangust - 2016" laureatlarini taqdirlaş marosimi 2 dekabr kuni Odessa şahrida bölib ötadi.












