Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev 2016 yil yakunlarini sarhisob qildi. Bunga bağişlangan matbuot anjumanida davlat rahbari 3 soatdan ortiq vaqt davomida jurnalistlarning savollariga javob qaytargan.
Mamlakatning töğri yöli haqida
«Bizga qançalik tanqid yoğdirişmasin – biz boşqa mamlakatni yaratdik. Endilikda amaldorlar soyabonlar olib yurişga majburlanmaydi. Biz töğri yöldan ketayotganimizni baralla aytişim mumkin».
Korrupsiya haqida
«Fikrimça, Qirğizistonda korrupsiya bilan kuraş yangi darajada olib borilmoqda. Men mamlakat umuman boşqa ekanini körib turibman. Biroq korrupsiya bilan doimiy kuraş olib boriş zarur. Bugungi kunda bunday kuraşning yangi bosqiçiga ötmoqdamiz».
Yaqin Şarqdan muhojirlar haqida
«Qirğizistonning qoçqinlarni qabul qilişi haqida birinçi marta eşitib turibman. Bunday qonun bizda tayyorlanganidan bexabarman».
Turk maktablari haqida
«Men «Sebat» muassislari bilan ta'lim Vazirligi bölişi haqida kelişib oldim. Har ehtimolga qarşi. Ular oddiy maktablar böladi. Faqat nomi «Sapat» deb özgartirilişi mumkin. Ularni yopmaymiz».
Sud islohoti haqida
«Islohot hali uzoq davom etadi. Referendumdan söng jiddiy özgarişlar bölişi aniq».
Petr Poroşenkoni çuv tuşirişgani borasida
«Buning heç kulgili joyi yöq» (rossiyalik prankerlar Aleksey Stolyarov (Lexus) va Vladimir Kuznetsov (Vovan)ning Poroşenkoni çuv tuşirişgani haqida)
Öz qöşiqlari haqida
«Menda hali juda köp qöşiq bor! Atigi 4-5 trekdan söng şunça şov-şuv kelib çiqdi!».
Atambayevdan hisobot: Amaldorlar, korrupsiya, islohotlar, muhojirlar va öz qöşiqlari haqida












