2016 yilning 30 noyabrida Bunyodkor stadionidagi anjumanlar zalida UCFGA (Uzbekistan Cyber Football Games Association) ning kelajakdagi dasturlari va rejalari xamda PCFL(Professional Cyber Football League) Oliy va Birinçi ligalari oçilişiga bağişlangan matbuot anjumani bölib ötdi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz sayti.

Matbuot anjumanida jurnalistlar tomonidan berilgan  barça savollarga “Özbekiston Kiber Futbol Öyinlari Assotsiatsiyasi” raxbarlari töliq  javob berdilar va Assotsiatsiya reglamenti, qonun qoidalari, iştirokçilar röyxati hamda kelajakda Özbek Kiber futboli rivoji uçun oldinga qöyilgan maqsadlarga xam töxtalib ötdilar. 

Mavzuninig eng qiziq yangiliklaridan biri UCFGA  “Özbekiston Kiber Futbol Öyinlari Assotsiatsiyasi”  UFF ”Özbekiston Futbol Federatsiyasi” a'zosiga aylanganligi va Federatsiya tomonidan  bundan buyon Özbekiston hududidagi barça Kiber Futbol musobaqalarini UCFGA  “Özbekiston Kiber Futbol Öyinlari Assotsiatsiyasi”  boşçiligida ötkaziş yuklanganligi e'lon qilindi. Şu qaror yuzasidan UCFGA  “Özbekiston Kiber Futbol Öyinlari Assotsiatsiyasi”  Özbekiston xududidagi barça futbol  va PlayStation klublarini xamkorlikka taklif yetdi.

UCFGA  “Özbekiston Kiber Futbol Öyinlari Assotsiatsiyasi” prezidenti Azizbek Pattaxov  Kiber Futbol Öyinlarini  nafaqat Uzbekiston xududida, xattoki Osiyo  va dunyo miqyosida rivojlantirişga öz hissasini  qöşiş niyatidagiligini ta'kidlab ötdi.  Anjuman davomida Aziz Pattaxov 2017 yilga quyilgan maqsadlar içida Toşkentda MDH davlatlari xamda Osiyo kubogi ötkazilişi xam közda tutilganini takidladi. 

Matbuot  anjumanida Özbekiston Kiber Futbol Milliy terma jamoasi  murabbiyi etib – Dilşod Matyakubov  (FK “Qöqon 1912” kiberfutbolçisi)  Jamoa sardori esa – Xislat Umarov (FK “Nasaf” kiberfutbolçi) lari  tayinlandi  va ularga maxsus terma jamoa  murabbiyi  xamda  sardorlik boğiçi va futbolkalari  topşirildi.

Turli telekanal jurnalistlaridan taşqari ,matbuot anjumanida, ÖFF (Özbekiston Futbol Federatsiyasi)  xamda Bunyodkor klubi vakillari  ham mexmon böldilar . Assotsiatsiya tomonidan ularga hamkorlik va qullab quvvatlab kelayotganlari uçun  minnatdorçilik sifatida  maxsus esdalik sovğalari topşirildi.

Matbuot anjumani PCFL Oliy va Birinçi ligalari turlariga qura taşlaş marosimi bilan yakunlandi.