Vladimir Putin Moliya vaziri örinbosari Maksim Oreşkinni Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vazirligiga tavsiya etdi.
"Maksim Stanislavoviç, siz bu sohada yaqinda iş boşlagansiz, lekin kam ham emas. Ötgan vaqt içida muvaffaqiyat bilan faoliyat körsatdingiz. Men sizga Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vazirligini boşqarişni taklif qilaman", — degan Putin.
"Men roziman", — deya javob qaytargan Oreşkin.
Şu tariqa, 34 yoşli Oreşkin hozirgi Vazirlar mahkamasidagi eng yoş vazir böladi — u Aloqa vaziri Nikolay Nikiforovdan bir oyga kiçik.
Oreşkin suhbat vaqtida prezidentga 2 yildan buyon Moliya vaziri örinbosari sifatida işlab kelayotgani, ungaça Moliya vazirligida departament direktori bölgani va bank sohasida ("VTB Kapitale", Rosbank va Markaziy bank) işlagani haqida aytib ötgan.
Putin unga u boşqaradigan vazirlikdagi faoliyati muhim pallalar ekanini qayd etib ötgan.
"Keyingi yil uçun oldimizda turgan asosiy vazifamiz — Rossiya iqtisodi ösişiga mavjud tarkibiy tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlarini tayyorlaş", — degan Oreşkin.
Prezident unga yangi lavozimida muvaffaqiyatlar tilagan.
Rossiya iqtisodiy rivojlaniş vazirligi rahbarligi lavozimi 15 noyabr kuni prezident Putin tomonidan Aleksey Ulyukayev işdan böşatilgaç, böş qolmoqda edi. Sobiq vazir 2 million dollar miqdorida pora bilan qölga tuşgan va işonçni yöqotgan.
Sud majlisi çoğida tergovçi Roman Nesterov Ulyukayevning jinoyatga aloqadorligi isbotlanganini aytdi. Uning sözlariga köra, 2 million dollarlik pora Ulyukayev öz vazirlik vakolatlari doirasida amalga oşirişi kerak bölgan harakatlar uçun olingan.







