Moskva Basman tuman sudi yirik miqdorda pora olganlikda ayblanayotgan RF iqtisodiy vaziri (sobiq) Aleksey Ulyukayevni tergov söroqlari ötkaziş maqsadida uy qamoği jazosiga hukm etdi. Bu haqda 15 noyabr kuni RIA Novosti xabar bermoqda. Ulyukayev bu jazoni 2017 yilning 15 yanvariga qadar ötaydi.

Sud, şuningdek, uni köçada sayr etişini ham taqiqlagan.

Avvalroq xuddi şu kuni prokuratura vazirga nisbatan joriy etilgan uşbu ayblovni yoqlab çiqqan edi.

Eslatib ötamiz, Rossiya Tergov qömitasi tomonidan mamlakat iqtisodiyot vaziri Aleksey Ulyukayev hibsga olingan edi.Tergov qömitasi vakilining sözlariga köra, Ulyukayev pora olayotgan vaqtda, dalillar bilan birga uşlangan.