Xöş, dollar qançadan bölyapti özi?

Hammasi uni qayerda sotib olişga boğliq. Rossiyada «nodöst» valutalar bilan birja savdosi yöqligi sababli, çorşanba kungi birja sarosimasida axborot vositalari asosan Forex bozorini kuzatdi. U yerda kotirovkalar eng yuqori darajaga yetdi. Forex turli savdo maydonçalari, asosan London birjasi ICE ma’lumotlarini jamlaydi. Rossiyalik iqtisodçilar bu bozorni işonçsiz, deb baholaydi. Çunki bu yerda talab va taklif manbalari aniq emas.

«T-Investitsii» kompaniyasi boş iqtisodçisi Sofya Donetsning fikriça, eng işonçli indikator — bu Moskva birjasida hali ham savdolaşilayotgan yuan kursi. Çorşanba kuni yuan 15 rublgaça qimmatlaşdi, bu 2022 yil mart oyidagi darajaga teng, ammo ahvol keyinroq «sirli sotuvçi»ning sa’y-harakatlari tufayli barqarorlaşdi. Yuanga köra dollar kursi hisoblanganida u taxminan 108 rublni taşkil etadi. Bu esa Rossiya Markaziy banki rasmiy kurslariga mos qiymat.

Rossiya Markaziy banki valutalar kursini boşqaçaroq hisoblaydi. U «birjadan taşqari bozor» ma’lumotlariga tayanadi, bu yerda Rossiya banklari, brokerlar va boşqa moliyaviy taşkilotlar özaro savdo qiladi. Çorşanba kuni u yerdagi dinamika ham Forex bilan öxşaş bölgan: dollar 114 rublgaça, yevro esa 120 rublgaça qimmatlaşgan. Ammo RMB savdolar hajmini yozdan buyon maxfiylaştirib kelayotgani uçun bu ma’lumotlarga ham işonib bölmaydi.

Yana bir indikator — dollar/rubl juftligi böyiça fyuçerslar. Unga köra, çorşanba kungi eng yuqori nuqtada dollar 110 rublga çiqqan, keyin esa 106 rublgaça arzonlaşgan.

Eng oson, biroq işonçli bölmagan indikator — bu banklardagi ayirboşlaş kurslari. Moskva banklari dollarni 108 rubldan 115 rublgaça sotib olişni taklif qilmoqda.

Dollar 100 rubl edi. Özi nima özgardi?

Bozor bunaqa tez özgarişni anomal holat deb baholamoqda. Iqtisodçilar hattoki oktyabr oyida ham dollar kursi 94,5 rubl bölişini taxmin qilişgan va bu qadar keskin kötarilişini kutişmagandi. Ammo şundan buyon vaziyat özgardi: xorijiy valuta tanqisligi oyiga 2–4 milliard dollar deb baholanmoqda va «ideal töfon» boşlandi:

  • Eksportçilar içki bozorda valuta sotişni qisqartirişdi. Bu holat köpinça hukumatning yangi qarori bilan boğlanmoqda. Qarorga köra, endi eksportçilar daromadlarining faqat 25 foizini valutaga almaştirişlari mumkin. Boşqa versiyaga köra, sanksiyalar sababli eksportçilar köproq valuta sotiş imkoniyatiga ega emas. Iqtisodçi Dmitriy Polevoyning fikriça, uşbu qoidalarni özgartiriş kursga ta’sir qilmasligi va faqat biznesga zarar yetkazişi mumkin.