Britaniyalik xakerlar guruhi 4,8 million routerni buzib qöyişgan. Guruh a'zosining sözlariga köra, bu kutilmaganda sodir bölgan, deb xabar qilmoqda Motherboard sayti.
Ma'lumotlarga qaraganda, xaker hamkorlari bilan Mirai botnetining yangi versiyasini sinab körayotgan bölgan. Xakerlar botnet bilan zararlangan qurilmalar sonini köpaytirişni xohlagan vaqtlarida dastur mustaqil ravişda TalkTalk va Post Office provayderlarining routerlarini buza boşlagan.
Motherboard bilan suhbat olib borgan xaker buning uçun uzr söragan va provayderlarga mijozlar uçun yaxşiroq routerlar topişni maslahat bergan.
Mirai — troyan dasturi bölib, turli xil qurilmalardagi kamçiliklarni topiş uçun möljallangan. 2016 yil oktabr oyida noma'lum xakerlar Dyn DNS-xosterlari serverini işdan çiqariş uçun Mirai dasturidan foydalangan, şundan söng, dastlab AQŞ şarqida, keyinroq, boşqa mamlakatlarda ham önlab taniqli saytlar va xizmatlar, jumladan Twitter, PlayStation Network, PayPal tizimlari işdan çiqqan edi.
Noyabr oyida Deutsche Telekom telekommunikatsiya kompaniyasi 900 mingga yaqin marşrutizatorlar zararli dastur tufayli işdan çiqqanini e'lon qilgan edi.









