Ispaniyaning DIARIOYa kundalik ijtimoiy-siyosiy gazetasi “Özbekiston Prezident saylovini ötkaziş arafasida” sarlavhali maqola çop etdi.
Mamlakatimizda bölib ötadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik haqida ispan jamoatçiligini taniştirişga bağişlangan maqola Özbekistonning mustaqillik yillarida qölga kiritgan yutuqlari e'tirofi bilan boşlanadi.
“Sönggi çorak asr davomida Özbekiston Respublikasi keng kölamli muvaffaqiyatlarga - jadal rivojlanayotgan iqtisodiyot va siyosiy barqarorlikka erişdi, - deb yozadi DIARIOYa. - Dunyo iqtisodiyotida qalqib turiş holati hamon kuzatilayotganiga qaramay, uşbu yoş davlat iqtisodiyotida ösiş qator yillar davomida 8 foizdan oşib kelmoqda. Bundan taşqari, Özbekiston - dunyoning eng barqaror davlatlaridan biri hamdir”.
Maqola davomida davlat rahbari lavozimiga bölib ötadigan saylov jarayonlari haqida söz yuritilar ekan, Ispaniya gazetasi mamlakatimiz saylov qonunçiligining öziga xos jihatlariga töxtalib, öquvçilar e'tiborini uning xalqaro andozalarga töla mos ekaniga qaratadi.
“Prezident saylovi demokratik tamoyillar asosida, transparentlik va muqobillik ruhida ötadi. Saylovçilar Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Özbekiston Xalq demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi va “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan körsatilgan nomzodlardan biriga ovoz beriş imkoniyatiga egalar. Har bir nomzod saylovçilarga mamlakat kelajagini yaratiş böyiça öz qaraşlarini taklif etadi”, deyiladi maqolada.
DIARIOYa saylov jarayonlarini muvofiqlaştiradigan va saylov qonunçiligi ijrosini nazorat qiladigan Özbekiston Markaziy saylov komissiyasining faoliyati va uning mustaqil konstitutsiyaviy maqomiga alohida e'tibor qaratadi.
Naşrning xulosasiga köra, saylovning oçiqligi darajasi va uning demokratik asosda ötkazilişini ovoz beriş jarayonini monitoring qilişga tölaqonli missiyasini yuborişga qaror qilgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari böyiça byurosi kuzatuvçilarining Özbekistonda hozir bölişganini ham tasdiqlaydi.
Manba: jahonnews.uz







