Özbekistonda bölib ötgan prezident saylovi tizimli kamçiliklarni bartaraf etiş uçun keng qamrovli islohotlar olib borilişi zarurligini körsatgan. Bu haqda YeXHT saylov kuzatiş missiyasi rahbari Piter Teyler aytib ötgan.

"4 dekabr kuni Özbekistonda bölib ötgan saylov şuni körsatdiki, tizimli kamçiliklarni tuzatiş uçun keng qamrovli islohotlar ötkaziş zarur", — degan Teyler saylov yakunlariga bağişlangan matbuot anjumani vaqtida.

YeXHT kuzatiş missiyasi saylov rahbariyati öz işida oşkoralikni oşirişi va saylovlar kerakli darajada ötkazilişi uçun köplab çoralarni körişi zarurligini qayd etib ötgan.

Özbekistonda prezident saylovi 4 dekabr kuni ötkazildi. Saylovda Liberal-demokratik partiya nomzodi Şavkat Mirziyoyev 88,61 foiz töplagan holda ğalaba qilib, respublikaning ikkinçi prezidentiga aylandi.

Saylovdagi davomat 87,83 foizni taşkil qildi, ya'ni saylovda MSK tomonidan röyxatga olingan 20,429 million kişidan 17,942 million nafari qatnaşgan.

Saylov jarayonini dunyoning 44 mamlakati hamda MDH, YeXHT, ŞHT, IHT va Butunjahon saylov organlari taşkilotining 500dan ortiq kuzatuvçilari kuzatib borişdi.