XXR raisi Si Tszinpin Şavkat Mirziyoyevga, uning Özbekiston prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrik maktubi yölladi, deb xabar qilmoqda Xitoy TIV.
"Men xitoy-özbek munosabatlarini rivojlantirişga va siz bilan qalin döstona aloqada bölişga, xitoy-özbek strategik hamkorligini ikki mamlakat va xalqlar manfaatlari yölida har tomonlama rivojlantiriş uçun birgalikda işlaşga katta ahamiyat beraman", — deyiladi Xitoy yetakçisining maktubida.
XXR raisining qöşimça qilişiça, Xitoy va Özbekiston yaxşi qöşni, döst va hamkorlardir.
2016 yil 4 dekabrida Özbekiston prezidentligi uçun navbatdan taşqari saylovlar bölib ötdi. MSK bayonotiga köra, respublika prezidenti vazifasini bajaruvçi Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz töplagan.








