Qarşining «Nasaf» klubi yarimhimoyaçisi Aziz Ğaniyev yaqin kunlarda Rossiyaga jönab ketadi.
Tribuna.uz naşri bergan xabarga köra, Aziz Ğaniyev Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida körikdan ötadi. Körik muvaffaqiyatli ötsa, futbolçi keyingi yildan boşlab Rossiya Premer-ligasi jamoasi safida töp surişni boşlaşi mumkin.
Eslatib ötamiz, oldinroq «Zenit» vakillari futbolçining öyinlarini kuzatişgan va uning transferi böyiça muzokaralar olib borgani haqida xabar tarqatilgandi.
Aziz Ğaniyev «Nasaf»ning joriy mavsumdagi Oliy Liga öyinlarida 17 bor köriniş bergan. Şulardan 11 tasida uçraşuvni boşlanğiç tarkibda boşlagan.












