Facebook ijtimoiy tarmoğidagi «Voditeli Taşkenta» jamoatçilik guruhida dahşatli yöl-transport hodisasiga oid videolavha paydo böldi. Voqea Özbekistonning qaysi hududida bölganiga oydinlik kiritilmagan. Ammo, kuzatuv kamerasi yordamida olingan videolavhadan fojia 2016 yil 12 aprelida yuz berganini biliş mumkin.
Unga köra, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovçisi yöl harakati qoidasidagi quvib ötiş bandini buzgan holda özidan oldinda harakatlanayotgan “Matiz” maşinasini öng tomondan katta tezlikda quvib ötmoqçi böladi. Şu orada, yöl harakati qoidalariga zid ravişda, piyodalar yölagida emas, balki yölning avtomobillar qatnov qismida ketayotgan ikki nafar piyodani urib yuboradi. “Neksiya” haydovçisi jabrlanmagani aniq, piyodalarning taqdiri nima bölgani ham noma'lum.
Guruh a'zolari va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari uşbu video yuzasidan turli fikrlarni qoldirişgan.








