Fizikadan ma'lumki, dunyodagi turfa ranglar asosan 7 xil tus qorişmasidan hosil böladi. Pantone Color Institute ekspertlari öz mutaxassisliklaridan kelib çiqqan holda 2017 yilning asosiy rangini e'lon qildi, deb xabar qilmoqda Associated Press agentligi. Unga köra, kelasi yilda sariq tusga yaqinroq oç yaşil rang urf böladi. 

Institut vitse-prezidenti Lori Pressmanning bayonot berişiça, AQŞ siyosiy jihatdan tarqoq holga kelgan, bu narsa dunyoning turli burçagida, masalan, Buyuk Britaniya va Italiyada ham kuzatilmoqda. 

Ta'kidlaş joizki, institut ekspertlari 1999 yildan beri har bir yildagi urf hisoblanuvçi rangni aniqlab keladi. 2017 yilning rangi bahorgi tabiatga xos hisoblanadi. Şu bilan birga, u 1960-70 yillardagi norozilik harakatlarining öziga xos timsoli ham bölgan. 

2016 yilning asosiy rangi sifatida «puşti kvars» va moviy tus belgilangan. 2015 yilda «marsala» tusi edi.

Pantone har yilning dekabr oyida kelasi yilning eng ommabop rangini aniqlaydi. Dizaynerlar va çakana savdo bilan şuğullanuvçilar bu xabarni diqqat bilan kuzatişadi.