Gambiya prezidenti Yayya Jamme Oliy sud saylovlaridagi mağlubiyatini tan olmaydi. Bu haqida hukmron Vatanparvarlik va yaratuvçanlikka yönaltirilgan ittifoq partiyasi ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar berdi.
Partiyaning federal telekanal orqali uzatilgan bayonotida saylov komissiyasining "xato xulosasiga qarşi" petitsiya tayyorlanayotganligi ma'lum qilindi.
Bundan avval Gambiyaning muxolifat Birlaşgan demokratik partiyasi nomzodi Adam Berrou mamlakatdagi prezidentlik saylovlari natijalariga köra, 45,5 foiz ovoz töplab, ğolib bölgani haqida ma'lum qilingan edi. Yayya Jamme esa 36,7 foiz ovozga ega bölgan.
Jamme şanba kuni mazkur saylovlar natijalarini tan olmasligi va saylov jarayonidagi jiddiy hamda nomaqbul buzilişlardan norozi ekanini ommaga ma'lum qilgan.
Gambiyadagi prezidentlik saylovlari 1 dekabr kuni bölib ötgan. Unda 890 ming saylovçi ovoz beriş huquqini qölga kiritgan. Davlat rahbari lavozimi uçun amaldagi prezident Yayya Jamme, asosiy muxolifat tuzilma hisoblanmiş Birlaşgan demokratik partiya nomzodi Adam Barrou va muxolifat "Gambiya demokratik kongressi" yetakçisi Mamma Kande kuraş olib borişdi.
Jamme prezidentlik lavozimida OITS va astmani davolovçi dorini topganlik töğrisidagi bayonoti bilan tanilgan. U bu oğir kasalliklarni giyohlar dimlamalari bilan davolaşni taklif qilgan. 2009 yilda Jamme xolasining ölimida aynan afsungarlarni ayblaganidan söng rahbariyat mamlakatni afsungarlardan xalos qiliş kampaniyasini işga tuşirgan. Bundan taşqari, Gambiya prezidenti 2010 yilda mamlakat qiroli böliş istagi haqida e'lon qilgan. Şunday bölgan taqdirda, saylovlarga hojat qolmasdi. Biroq keyinroq Jammening fikri özgarib, saylovlarni ötkazişga qaror qildi.








