AQŞdan Kaliforniya ştatini 1 trillion dollar evaziga sotib oliş töğrisidagi petitsiya 200 mingdan ortiq daniyalikning imzosini töpladi. U AQŞ prezidenti Donald Trampning Daniyadan Grenlandiyani sotib oliş taklifiga javoban işga tuşirilgan edi.
«Siz qaçondir xaritaga qarab, öylaganmisiz: «Bilasizmi, Daniyaga nima kerak? Köproq quyoş, palmalar va rolikli konkilar»… Keling, Kaliforniyani Donald Trampdan sotib olamiz! Ha, yangliş eşitmadingiz. Kaliforniya bizniki bölişi mumkin», — deyiladi petitsiya çaqiriğida.
Petitsiyada Kaliforniyaning bir qator afzalliklari, jumladan, «Yilda 300 quyoşli kun», «texnologik ustunlik», avokado plantatsiyalari va «Disneylend» mavjudligi keltirilgan. Oxirgi nomni esa «Hans Kristian Andersenlend» deb özgartiriş taklif qilinmoqda. Murojaat mualliflari buning uçun 1 trillion dollar yiğişni taklif qilmoqda.
«Viking şlemidagi Mikki Maus? Ha, marhamat», — deb yozadi petitsiya mualliflari. Kampaniya taşabbuskori Ksave Dyutuaning AR’ga aytişiça, bu ğoya uning xayoliga Filippinda ta’tilda bölganida — amerikalik sayyoh Trampning Grenlandiya haqidagi taklifini baland ovozda muhokama qilayotganini eşitganida kelgan.
Donald Tramp Grenlandiyani sotib oliş AQŞ milliy va iqtisodiy xavfsizligi uçun «mutlaq zarurat» ekanini ta’kidlab kelmoqda. Uşbu fonda Grenlandiya boş vaziri Mute Egede orol aholisi AQŞ va Daniyadan mustaqil bölişni xohlayotganini ta’kidladi. Şu bilan birga, u Donald Tramp bilan hamkorlik qiliş imkoniyatlarini izlayotganini ma’lum qildi.
Daniya taşqi işlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen AQŞ prezidenti Donald Trampning Grenlandiyani egallaş rejalari haqidagi bayonotlari orol aholisi manfaatlariga zid ekanini ta’kidlagan. «Tramp Grenlandiyani qölga kirita olmaydi. Grenlandiya — bu Grenlandiya. Grenlandiya aholisi xalqaro huquq va BMT Nizomi bilan himoyalangan xalq», degandi Rasmussen.








