Fancy Bears xakerlari AQŞ aksildoping agentligi (USADA) va Kanada sportda axloq masalalari markazini (CCES) Xalqaro Olimpiya qömitasiga qarşi til biriktirişda aybladilar. Bu haqdagi tegişli hujjatlar xakerlik guruhining saytida 13 dekabrda çop etildi,

"Olimpiyaçi" loyihasi 2016 yilgi Olimpiada oldidan işga tuşirilgan. Xakerlarning ta'kidlaşiça, uning maqsadi Xalqaro Olimpiya qömitasi ustidan hokimiyatga ega bölgan agentlikni yaratiş yöli bilan uni yomonotliq qiliş bölgan. Loyiha XOQga qarşi da'vo arizasini tayyorlaşda kömak körsatgan Davies Ward Phillips & LLP Vineberg kompaniyasidan huquqiy yordam olgan. USADA va CCES Polşa, Ispaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Norvegiya, Avstriya va Finlyandiya aksildoping agentliklariga murojaat qilganda, ular loyihani qöllab-quvvatlaşni rad etişgan. Hujjatlarga köra, USADA va CCES’ning xarajatlari 70 ming dollardan köproqni taşkil qilgan. 

Sentyabrda Fancy Bears xakerlari ADAMS aksildoping tizimini buzib kirişgan va davolaniş maqsadida taqiqlangan vositalarni qabul qilişga ruxsat olgan sportçilar röyxatini birin-ketin çop etib borişgan. Bunday sportçilar orasida opa-singil tennisçilar Serena va Vinus Uilyams, amerikalik gimnastikaçi Simona Baylz, ispaniyalik tennisçi Rafael Nadal hamda serbiyalik basketbolçi Miloş Teodosiç ham bölgan.