Xalqaro Olimpiya qömitasi Tokioda ötadigan yozgi Olimpiadani koronavirus sababli bekor qilişni rejalaştirmayapti. 

Bu haqda XOQ matbuot xizmatida ma'lum qilindi. 

“Qömita barça sportçilarni Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik körişni davom ettirişga çaqiradi. XOQ sportçilarga yangi ma'lumot va işlanmalarni taqdim qilgan holda kömak körsatişda davom etadi”, deyilgan XOQ bayonotida.

3 mart kuni XOQ Lozannada Olimpiadaga tayyorgarlik va koronavirus bilan boğliq vaziyatga bağişlangan yiğilişida öyinlar avval belgilangan muddatda – 24 iyuldan 9 avgustgaça ötişiga qaror qilgan.

XOQ ijroiya qömitasi fevralda taşkil etilgan va tarkibiga XOQ, “Tokio-2020” taşkiliy qömitasi, Tokio ma'muriyati va Yaponiya hukumati hamda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti vakillari kirgan işçi guruhning Olimpiadaga tayyorgarlik köriş böyiça körayotgan çoralarini yuqori baholaşini va qöllab-quvvatlaşini aytgan.   

Avvalroq koronavirus sababli Olimpiadani boşqa yerga köçiriş, musobaqalarni tomoşabinlarsiz ötkaziş taklif qilinayotgani va hattoki öyinlar bekor qilinişi mumkinligi ma'lum qilingandi.