Qatarda iş beruvçilarga yollanma xorijlik işçilar harakatiga çeklov örnatişga ruxsat bergan “kafala” tizimi rasman taqiqlandi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.
Ta'kidlanişiça, qonunçilikdagi özgariş 13 dekabrdan kuç kirgan. Mahalliy hukumatning fikriça, yangilik işçilar erkinligi va himoyasini kuçliroq kafolatlaydi.
Naşrning yozişiça, kafala tizimi Fors körfazining köplab mamlakatlarida qöllaniladi. Uning asosiy maqsadi – işçi migrantlar ustidan nazorat örnatişdir. Tizim asosan Hindiston, Nepal va Şri-Lanka davlatlaridan kelgan işçilarga nisbatan qöllanilib, u iş joyini özgartiriş yoki mamlakatni ruxsatsiz tark etişga tösqinlik qiladi.
Ma'lumot uçun, Qatar mehnat qonunçiligi davlat futbol böyiça 2022 yilgi jahon çempionatini ötkaziş huquqini qölga kiritganidan söng jiddiy tanqidga uçradi. Biroq, Amnesty International vakillarining ta'kidlaşiça, yangi qonunçilik mamlakatdagi işçilar huquqi bilan boğliq muammolarni yetarli darajada hal etmaydi.








