Italiyaning Leonardo-Finmeccanica kompaniyasi uçuvçisiz boşqariladigan vertolyotni işlab çiqdi. Solo sinovlari Italiyaning Taranto viloyatidagi Taranto-Grottale aeroportida ötkazilgan, deb xabar bermoqda Defense Aerospace.

Uçuvçi uskuna asosida polşalik muhandislar tomonidan 1996 yilda işlab çiqilgan SW-4 Puszczyk vertolyotidir. Uning uzunligi – 10,6 metr bölib, parragi – 9 metrga teng. Vertolyot 0,6 tonnalik yukni öz manziliga yetkazib qöyiş imkoniga ega. SW-4 Puszczyk maksimal tezligi – soatiga 260 kilometrni, parvoz masofasi uzoqligi – 790 kilometrni taşkil qiladi. 

Solöni ba'zi bir vaziyatlarda yerdan operator yordamida boşqariş mumkin. Şuningdek, alohida vazifalar uçun uçuvçini jalb etiş ham közda tutilgan.

Mutaxassislarning sözlariga köra, vertolyotdan xavfli tumanlarga yuk yetkazib berişda foydalaniş mumkin. Operator xavfsiz hududda joylaşadi va bu uçuvçi hayotiga xavf tuğdirmaydigan masofadan turib boşqariş imkonini beradi.

Solo aerodromda uçuvçisiz holda sinovdan ötkazildi hamda tajribalar omadli deb tan olindi. Muhandislar tizim işlaşi va maşina boşqaruvini jiddiy tekşiruvdan ötkazişgan. Endilikda esa tizimning bir qismi işdan çiqqanda parvoz imkonini köriş uçun qöşimça tajribalar ötkaziladi. U qaçondan boşlab ommaviy ravişda işlab çiqarilişi noma'lum.