AQŞning Pasifika (Kaliforniya) şahrida istiqomat qiluvçi ayol halok bölgan eri Jyeyş Patelning jasadini yöqolgan mobil telefonlarni qidiruvçi ilova orqali topdi. Bu haqda The Mercury News xabar bermoqda.

Kaliforniya yöl patruli vakili Arturo Montelning sözlariga köra, 49 yoşli erkak 18 dekabr kuni yöl-transport hodisasi oqibatida olingan jarohatlar tufayli jon taslim qilgan. Unga tegişli bölgan Mercedes noma'lum sabablarga köra yöldan çiqib ketib, taxminan ön metr balandlikdan pastga qulagan. «Ekspertiza halok bölgan erkak qonidan alkogol yoki giyohvand moddalarni aniqlamadi», - deya qöşimça qilib ötgan u.

Ta'kidlanişiça, Patelning turmuş örtoği erining jasadini ertasi kuni topgan hamda bu haqda avariya-qutqaruv xizmatlarini xabardor qilgan. Ayol yöqolgan telefonlarni qidirişda yordam beruvçi mobil ilovadan foydalandi. Bunga qadar esa u Pasifika politsiyasiga eri bedarak yöqolgani haqida murojaat qilgan.

Montelning sözlariga köra, ayol halokat joyida qutqaruvçilarni kutib oldi. Ular haydovçi jasadini tanib bölgan holatga kelib qolgan avtomobildan çiqarib oliş uçun maxsus gidravlik qayçilardan foydalanişgan.