Germaniyaning Audi kompaniyasi Detroyt avtokörgazmasida Q8 prototipini namoyiş qiladi. Uning seriyali namunasi BMW X6 va Mercedes-Benz GLE Coupe bilan xaridorlar uçun kuraşadi. Yangi mahsulotning dizayniga oid ayrim suratlarni Welt naşri e'lon qildi. Naşr kompaniya boş dizayneri Mark Lixtedan intervyu olgan.
Lixte Q8 haqida boşqa ma'lumotlar, xususan, uning savdoga çiqarilişiga oid axborotlarni taqdim etmagan. Biroq, suratlardan birida krossover old bamperida e-tron yozuvini köriş mumkin. Bundan şuni anglaş mumkinki, kontsept-karga elektr dvigatel örnatiladi.

Lixtening sözlariga köra, 2017 yil yozida savdoga çiquvçi yangi avlod Audi A8 sedani avtomobil boşqaruvi funksiyalarining «mutlaq yangi konsepsiya»ga ega böladi.
Audi rahbariyati Q8 yöltanlamasini işlab çiqişni 2014 yilda ma'qullagan edi. Öşanda, model MLB-Evo platformasi negizida barpo etilişi ta'kidlangan edi. Porsche Cayenne, Audi Q7 va Bentley Bentayga avtomobillari ham ayni şassida işlab çiqariladi. Şu bilan birga, Q8 elektr namunasiga ham ega bölişi, u Tesla Model X bilan raqobatlaşişi aytilgan edi.









