Audi elektromobillar orasida yuriş zaxirasi böyiça yangi rekord örnatdi. Ralli böyiça Yevropa çempioni Miko Marçik Audi A6 Sportback e-tron akkumulyatorining bitta quvvati bilan 1338 km yöl bosdi. Örtaça energiya sarfi 100 km ga 7,09 kVt·soatni taşkil etdi.
Taqqoslaş uçun: uşbu modelning aralaş siklda eʼlon qilingan yuriş masofasi 681 dan 776 km gaça. Marçikning taʼkidlaşiça, sinov safari Polşa böylab umumiy foydalanişdagi yöllarda, baʼzan tiğiz paytda, tirbandliklarda bölib ötgan.

Rekord safarda orqa öqida bitta elektr motori bölgan A6 Sportback e-tron Performance versiyasi işlatildi. Uning quvvati 362 ot kuçiga, aylantiruvçi lahzasi 565 N·m ga teng. Avtomobil 100 km/soat tezlikka 5,4 soniyada çiqadi, maksimal tezligi esa 210 km/soatni taşkil etadi.
Avvalgi rekordni 2025-yilda Lucid Air Grand Touring 1205 km masofani bosib ötib örnatgan edi.

Uşbu natija tufayli Marçik ham içki yonuv dvigatelli, ham elektr kuç qurilmasiga ega avtomobillar böyiça Ginnes rekordlari sohibiga aylandi. 2025-yilda u Skoda Superb avtomobilida bitta yonilği bakida bosib ötilgan maksimal masofa böyiça rekord örnatgan edi. Öşanda u 100 km ga örtaça 2,6 l yonilği sarflab, 2831 km yöl bosişga muvaffaq bölgandi.











