Isroil va Pokiston rasmiy şaxslari örtasida yolğon xabar sabab bahslar kelib çiqdi. Twitter ijtimoiy tarmoği munozaralar maydoniga aylanib ketgan, deb yozmoqda The Guardian.

Ta'kidlanişiça, bu holat AWD News saytida “Isroil mudofaa vaziri: agarda Pokiston Suriyaga istalgan sabablar bilan qöşinlar yuborsa, biz bu mamlakatni yadro zarbasi bilan yöq qilib yuboramiz” degan sarlavhali maqola paydo bölgaç, yuz bergan.

Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Muhammad Asif esa bunga javoban Isroilga öz tvitteri orqali “Pokiston ham yadro davlati ekanini” eslatib qöygan.

Isroil mudofaa vaziri esa vaziyatga izoh berarkan, uni “öylab topilgan” deb atadi va mudofaa mahkamasi rahbari heç qaçon bunday sözlarni aytmaganini ta'kidlab ötdi.

Maxsus taşkilot dalillarni tekşiruvdan ötkazgaç, AWD News va ularning yangiligi yolğon deb tan olindi.

Ma'lumot uçun, Pokiston yadro quroliga ega bölgan davlatlar safiga 1998 yilda qöşilgan. Isroil esa heç qaçon yadro quroli borligini tasdiqlamagan ham, rad etmagan ham. Köpçilik mutaxassislarning fikriça, u haqiqatdan bor.