Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri Devid Kemeron NATOning boş kotibi bölişga eng asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Bu haqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda Daily Mail naşri xabar berdi. Hammasi Kemeronning nomzodini amaldagi boş vazir Tereza Mey qöyiş-qöymasligiga boğliq böladi. 

NATOning amaldagi boş kotibi Yyens Stoltenberg lavozimini 2018 yoki 2019 yilda tark etadi.

NATO mavjud bölgan butun davr davomida Buyuk Britaniyaning vakillari uç marotaba unga boş kotib bölganlar: Gastings Ismey bu lavozimni 1952 yildan 1957 yilgaça, Piter Karrington — 1984 yildan 1988 yilgaça, Jorj Robertson 1999 yildan 2004 yilgaça egallagan.

Eslatib ötamiz, yozda Devid Kemeron boş vazir lavozimini muddatdan avval tark etişga qaror qilgan va öz vakolatlarini Tereza Meyga topşirgan.