Özbekiston hukumati 2017 yilning 1 yanvaridan respublikada işlab çiqariluvçi tamaki mahsulotlariga yangi aksiz soliq stavkalarini belgiladi. Bu haqida Uzdaily'da ma'lum qilindi. 

Yangi stavkalar Özbekiston Prezidentining "Özbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjyeti parametrlari töğrisida" qaroriga muvofiq  belgilandi. 

Hukumat Özbekistonda işlab çiqariluvçi tamaki mahsulotlariga aksiz soliqlar stavkasini oşirdi. Filtrli va filtrsiz sigaretlarning aksiz soliqlari (ming dona uçun) 28,794 ming sömdan 37,432 ming sömga oşdi (+29,9 foiz).

Ta'kidlaş joizki, Hukumat Özbekistonga olib kiriluvçi tamaki mahsulotlariga nisbatan belgilangan aksiz soliq stavkalarini saqlab qoldi.

Qarorga muvofiq, Özbekistonga olib kiriluvçi sigaretga (kod - TN VED 2402 20) belgilangan aksiz soliq qiymati (ming dona uçun) 18,2 dollar miqdorida saqlab qolingan. 

Şuningdek tamaki va uning muqobillaridan tayyorlangan sigaretlarga (kod - TN VED 2402 20 900 0) ham (ming dona uçun) 90 dollar (2016 yilda - 55 dollar) miqdorida aksiz soliği belgilangan. 

Sigara va çetlari kesilgan sigaralar, sigarillalarga nisbatan belgilangan aksiz soliq stavkasi (1 dona uçun) 0,42 dollar darajasida saqlab qolindi.