Orol dengizi qurişi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarni hal qiliş BMT va Özbekiston hamkorligining asosi bölib qoladi. Bu haqda taşkilotning yangi saylangan boş kotibi Antoniu Guterriş ma'lum qilgan.

«Orol dengizining qurişi oqibatlarini yumşatiş bizning umumiy va ustuvor maqsadimiz ekanini yaxşi anglayman. BMT uşbu fojia bilan boğliq muammolarni hal qiliş borasidagi sa'y-harakatlaringizni bundan keyin ham qöllab-quvvatlayveradi», — qayd etiladi maktubda.

U şuningdek, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va Özbekiston Respublikasi örtasida samarali hamkorlik yölga qöyilgani va bu hamkorlikni rivojlantiriş, şu jumladan, BMTning Özbekistondagi vakolatxonasi, BMTning Markaziy Osiyo uçun preventiv diplomatiya böyiça mintaqaviy markazi orqali yanada mustahkamlaşga harakat qilişini aytib ötgan.

Orol dengizi qaçonlardir dunyoda kattaligi böyiça törtinçi örinda turadigan köl bölgan.

1960 yillardan u şiddat bilan sayozlaşib bordi, bunga unga kelib quyuluvçi daryolar — Amudaryo va Sirdaryodan suv olinişi sabab böldi — Sobiq Ittifoq davrida yaqin oradagi çöllarni şu tariqa qişloq xöjalik yerlariga aylantirmoqçi bölişgan.

Hozirda Orol dengizi ikkita alohida kölga ajralib qoldi va qariyb butunlay qurib bitdi.

Suv darajasi 18 metrga pasaygan. Mavjud suv miqdori esa — 5 baravar kamaygan. Buning oqibatida atrofdagi yerlar şörlanib, hududning fauna, flora va inson soğliğiga keskin ta'sir körsatgan ekologik ofat yuzaga kelgan.

Orol dengizida 13 yildan beri tadqiqotlar olib borayotgan geologiya va mineralogiya fanlari doktori Sergey Krivonogovning sözlariga qaraganda, dengizni tiklaş imkoniyati mavjud. Buning uçun suv havzasiga qöşimça suv beriş lozim. Har yili, heç bölmaganda, 20 kilometr kub suv bilan töldirilganda ham, u kengaya boşlaydi. Bundan taşqari, uning tiklanişi iqlim va tektonik ta'sirlar, masalan, yerosti suvlarining kelişiga ham boğliq hisoblanadi.

1993 yilda Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston Orolni qutqariş böyiça xalqaro fondni taşkil qilişgandi. 2008 yilning dekabridan buyon bu fond BMT boş assambleyasida kuzatuvçi maqomiga ega hisoblanadi.