Şveytsariya sudi Niderlandiya va Bangladeş kasaba uyuşmalari Qatardagi JÇ-2022 inşootlarini quriş çoğida işçilar huquqining poymol etilişi yuzasidan FIFA taşkiloti ustidan berilgan da'voni rad qildi. Bu haqda FIFA saytida xabar berilgan.

«FIFA Tsyurix şahrining arbitraj sudi qarorini ma'qullaydi. FIFA mehnat şaroitlari masalasiga jiddiy e'tibor qaratadi va vaziyatni kuzatib boradi. Taşkilot Qatar hukumatini işçilarning xavfsizligi va munosib mehnat şaroitlariga jiddiy e'tibor qaratişga çaqiradi» - deyilgan bayonotda.

Eslatib ötamiz, JÇ-2022 turniri 21 noyabr – 18 dekabr kunlari Qatarning 7ta şahrida, Doha, Lusayl, Al-Vaqra, Al-Xor, Al-Rayyan, Umm-Salal va Madinat-aş-Şamalda ötkaziladi.