«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi yana törtta Boeing-787 Dreamliner samolyotiga buyurtma berdi. Bu haqda AQŞning Boeing Co kompaniyasi ma'lum qilgan.
Boeing kompaniyasi 6 yanvar kuni 2017 yilda olgan buyurtmalari ma'lumotini e'lon qilgan.
Unga köra, «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi törtta Boeing-787 samolyotiga buyurtma bergan. AQŞ kompaniyasi «Özbekiston havo yöllari» Boeing-787 Dreamliner samolyotining aynan qaysi modeliga buyurtma bergani haqida aniq ma'lumot taqdim etmagan. Şuningdek, samolyotlar qiymati borasida ham heç narsa deyilmagan.







