Yaponiyaning dunyoga donği ketgan Toyota kompaniyasi AQŞning Detroyt şahridagi avtokörgazmada Camry sedanining Amerika bozoriga möljallangan yangi avlodini namoyiş qildi. Model boş muhandisi Masato Katsumataning sözlariga köra, uni işlab çiqariş çoğida mutaxassislar jamoasi barçasini «yangidan boşlaş» imkoniyatiga ega bölgan.
Sönggi avlod Camry negiziga global miqyosdagi Toyota New Global Architecture (TNGA) modul platformasi olingan. Uşbu şassi ilk marotaba hozirgi Prius modelini işlab çiqişda foydalanilgan edi. Keyinçalik, platformadan ixçam CH-R krossoverini işlab çiqildi.

Amerika bozori uçun işlab çiqilgan Toyota Camry avvalgisidan birmunça pastroq, ammo uzunroq bölgan. Yangi avlod Camry uç xil: ikkita yangi benzinli dvigatel — 3.5 V6 va 2,5 litrli tört silindrli agregat hamda 2.5 lik motor negizida işlab çiqilgan gibrid dvigateli bilan işlab çiqiladi. Ilk ikki rusumlisida 8 diapazonli yangi uzatmalar qutisi joylanadi.

Elektron yordamçilar röyxatiga, old töqnaşuvdan ogohlantiriş va piyodani taniş tizimi, moslaşuvçan kruiz-nazorat, safni nazorat qiliş tizimi, uzoq va yaqinni yoritiş tizimiga avtomatik ravişda ötiş, yon oynalarda körinmaydigan hududlarni kuzatiş hamda orqaga harakatlanganda yaqinlaşayotgan avtomobildan ogohlantiriş tizimlari kiradi.
Uning eng arzonida 10 ta xavfsizlik yostiqçasi bölişi qayd etilgan. Şu bilan birga,

model yangi Toyota Entune 3.0 multimedia tizimiga ega böladi. Köngiloçar tizim modelning barça töplami uçun bir xil böladi. Unda, navigatsiya tizimi, Wi-Fi nuqtasi böladi. Bundan taşqari, sedan JBL audiotizimi bilan ham jihozlanişi mumkin.
Yangi Toyota Camry sedanida proyeksiya displeyi va bort kompyuterining priborlar paneliga örnatilgan 7 dyuymli ekrani ham böladi.
Toyota Camry Şimoliy Amerikada şu yilning yozidan sotila boşlanadi.

















