Avtosanoat dunyosidagi istalgan modelning tarixi qachondir baribir o‘z nihoyasiga yetadi. Buning sabablari esa turlicha bo‘lishi mumkin: masalan, talabning kamayib ketishi, o‘rnatilgan ekologik talablarga javob berolmay qolishi va hokazolar. Quyida tez orada konveyerdan olinishi kutilayotgan avtomobillar haqida hikoya qilinadi.
Jeep Cherokee

Mazkur model yig‘iladigan zavod ayni damda faoliyatini to‘xtatib turibdi. Biroq kompaniya 1974 yilda dunyo yuzini ko‘rgan ushbu model nomidan voz kechmoqchi emas. Ishlab chiqaruvchining Cherokee borasida rejalari borligi aytilmoqda, biroq u hali ommaga oshkor qilingani yo‘q.

Butlovchi qismlarning yetishmasligi ortidan mashinaga bo‘lgan talab kamaydi, oqibatda uni yig‘ish to‘xtatildi. 2022 yilda Cherokee savdosi 60 foizdan ko‘proqqa tushib ketdi. Shu bilan birga Jeep brendiga egalik qiladigan Stellantis kompaniyasi endilikda e’tiborni elektromobillarga qaratishni rejalashtirayotgani ortidan Cherokee’ning taqdiri so‘roq ostida qolib turibdi.
Rolls-Royce Wraith

Ishlab chiqaruvchi kupe sinfidagi Rolls-Royce Wraith hamda kabriolet Rolls-Royce Dawn’dan voz kechadi. Ular bilan birga V12 dvigateli ham tarixga aylanadi. Kompaniyaning kelajakdagi barcha rejalari elektromobillar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan birga ishlab chiqaruvchi afsonaviy Wraith bilan ikki eshikli Black Arrow Collection versiyasini chiqarish bilan xayrlashishga qaror qilgan.

U atigi 12 dona ishlab chiqariladi va hatto narxi e’lon qilinmasidan sotib bo‘lingan. Xayrlashuv modeli faqat kuzovning o‘ziga xos rangi va intererning o‘zgacha bezatilishi bilan yodda qoladi, chunki dvigatelda hech qanday o‘zgarish yo‘q. Unga odatga ko‘ra 6,6 litr hajmga ega 632 ot kuchini beradigan turbodvigatel o‘rnatilgan.
Skoda Fabia, Kamiq va Scala


















