Mgingo oroli Afrikadagi Viktoriya kölida joylaşgan. Uning maydoni - 1,8 ming kvadrat metr atrofida bölib, u yerdagi kulbalarda 131 kişi yaşaydi. Bu kişilar özlari uçun "senat respublikasi"ni taşkil qilişgan, ular baliqçilik evaziga kun körişadi va öz jamiyatlariga begonalarni qöyişmaydi. Orol Keniya va Uganda örtasidagi bahsli hudud hisoblanadi. Mgingo oroli 1991 yilga kelibgina öz aholisiga ega bölgan. Öşanda keniyalik ikki baliqçi Dalmas Tembo va Dorj Kibebe bu yerda qolişga ahd qilişgan. BigPicture naşri şu haqida ma'lumot bilan bölişdi.

1. Ikki jasur baliqçiga Keniya, Uganda va Tanzaniyadan yana 60 afrikalik kelib qöşilgan. Mgingoga köçib ötişdan maqsad nafaqat yaxşi ov qiliş imkoniyati, balki tengsizlik va jaholat bölmagan şaxsiy "davlat"ni barpo etiş ham bölgan. 2009 yilga borib, orol aholisi 131 kişiga yetdi. Şundan keyin "nufuzli senatorlar" Tembo va Kibebe öz kommunalariga boşqa heç kimni qabul qilmaslik haqida qaror qabul qilişgan.

2. Bu yerda asosan Nil olabuğasi ovlanadi. Oila bir hafta içida 200-250 dollar işlaşi mumkin - bu qöşni mamlakatlardagi afrikaliklarning 2-3 oylik örtaça maoşi.

3. Mgingo "davlat"ining mustaqilligini saqlab qolişga orolning Keniya va Uganda örtasidagi bahsli hudud ekanligi imkon beradi - ikki mamlakat ham uni öz tarkibiga qöşib ololmaydi, şu bois ular bu baliqçilarga e'tibor berişmaydi.

4. Sönggi 20 yil davomida ikki mamlakat Mgingo tufayli 9 marta qurolli töqnaşuvga kirişgan. Dastlab Keniya va Uganda qirğoq muhofazasi xodimlari baliqçilarning qayiqlarini sindirişgan, ularning törlarini uzişgan va hatto olti kişini otib taşlaşgan. Biroq keyin ikki mamlakat kelişuvga erişib, kommuna ularga soliq tölaydigan bölgan.

5. Keniya va Ugandaga tölanadigan soliqlar baliqçilar daromadining 25 foizini taşkil qiladi. Yana 10 foiz daromad apparat va kommuna mudofaa kuçlariga sarflanadi, ya'ni orol aholisi öz ozodligi uçun işlab topgan pulining 60 foizini "davlat"ga tölaşiga töğri keladi. Biroq hatto qolgan 40 foiz daromad ham ularga Viktoriya kölidagi qöşnilaridan ança yaxşi yaşaşga imkon beradi.















