Suriyadagi "Demokratik Federatsiya" (kurd muxtor hududining boşqaruv organi) ijroiy qömitasi Suriya şimolidagi kurdlar vakillarining Ostonadagi tinçlik konferensiyasida iştirok etmasligini qoraladi. Bu ma'lumot Firat axborot agentligi tomonidan tarqatildi.
Qömita bayonotida qayd etilişiça, kurdlar delegatsiyasining bu uçraşuvda bölmasligi "forum işi ijobiy natija" keltirmasligiga sabab böladi.
"Demokratik federatsiya" hamraisi Fauza Yusufning aytişiça, "Suriya demokratik kuçlari" qurolli koalitsiyasining tinçlik muzokaralaridagi iştirokini Suriyadagi vaziyatdan öz manfaatlari yölida foydalanişni maqsad qilgan Turkiya tomonidan tösib qöyilgan.
Uning sözlariga köra, Anqara Suriya Arab Respublikasi şimolida öz ta'sirini kengaytirişga intilmoqda va bu hududda kurdlarning kuçayişiga yöl qöymoqçi emas.
"Turkiya pozitsiyasi Şimoliy Suriya federatsiyasini tuzişdan qaytara olmaydi. Bu loyiha 2 hafta avval Rumeylendagi forumda qatnaşgan 165 nafar deputat tomonidan qöllab-quvvatlandi", deya qayd etgan Yusuf.
Uning fikriça, bu loyiha hududda istiqomat qiluvçi arablar, kurdlar, ossurlar, turkmanlar va armanlarning manfaatlarini ifodalaydi.
"Suriya demokratik kuçlari" asosi kurd otryadlaridan iborat bölib, bu harbiy bölinmalar Xasekeni IŞIDdan ozod qildi hamda Halab şimolidagi Kobani va Manbijni jangarilar egallab olişiga yöl qöymadi.
"Terrorçilar bilan janglardagi muvaffaqiyatlarni hisobga olgan holda SDI boşqa har qanday fraksiyadan köra Ostonadagi yiğilişda iştirok etişga haqli edi", deya qayd etgan federatsiya hamraisi.
U kurdlarning partiyasi 2016 yilda Jyeneva muzokaralariga çaqirilmagani va oqibatda bu muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uçraganini eslatib ötgan.
Rossiya va Turkiya taşabbusi bilan Suriyadagi nizoli tomonlar örtasidagi muzokaralar 23 yanvar kuni Ostonada bölib ötişi rejalaştirilgan.
Suriya prezidenti Başar Asad ham Ostonada muxolifat bilan muzokaralar ötkazişga tayyorligini aytgan.
"Agar haqiqiy Suriya muxolifati bölsa, ya'ni Saudiya Arabistoni, Fransiya va Buyuk Britaniya odamlari emas, oddiy suriyaliklar bölsa, unda biz asosiy masalalarni muhokama qila olamiz", — degan Suriya prezidenti.












