Barçamiz uçun qadrdon bölgan “Mahallada duv-duv gap”, “Sen yetim emassan”, “Olovli yöllar” kabi köplab kinofilmlarni tomoşabinlarga taqdim etgan, “El-yurt hurmati” ordeni va “Şuhrat” medali sohibi Şuhrat Abbosov rejissyorligida “Yana mahallada duv-duv gap - 2” badiiy filmini tasvirga oliş işlari yakunlanib qoldi. Film “Dono Productions” kinokompaniyasi tomonidan suratga olinmoqda. Bu haqda Kun.uz’ga kinokompaniya vakillari ma'lum qildi.

“Mahallada duv-duv gap - 2” kinofilmining asosiy voqealari Farğona viloyati (Farğona, Marğilon, Qöqon şaharlari, Rişton, Özbekiston tumanlari) va Toşkent şahrida tasvirga olindi. Boş qahramon, mahalla fuqarolar yiğini raisi – Xosiyat opa va uning uç nafar öğli atrofida röy beradigan voqealar orqali, umuman respublikamizda sönggi yillarda amalga oşirilgan ulkan bunyodkorlik işlari, mahalliy aholi ongida röy bergan ma'naviy özgarişlar, ertangi kunga bölgan işonçning ortişi jarayoni yuksak badiiy mahorat bilan tasvirlanadi.
Filmda boş qahramon rolini Dilbar Ikromova, uning uç öğlini – yoş aktyorlar Erkin Bozorov, Sur'at Islomov, Abbos Ibragimovlar gavdalantirgan.
Aktyorlar jamoasi tarkibida Husan Şaripov,Gulçehra Jamilova, Muqaddas Holiqova, Muyassar Berdiqulova, Madina Muxtorova, Valijon Şamsiyev, Dilşodbek Kattabekov, Mohira Nurmatova, Şodiya Töxtayeva, Şirin Ismoilova, Laziza Nozimxonova, Zebiniso Holiqova, Kumuş Öktamova kabi önlab xalqimiz suygan ijodkorlar bor.
Postanovkaçi rejissyorlar – Şuhrat Abbosov va Nozim Abbosov. Stsenariy muallifi – Şoira Ğiyosova. Ikkinçi rejissyor Farhod Xudoyberdiyev.
Ma'lumotlarga köra, tasvirga oliş guruhi qariyb 70 kundan buyon s'yomka jarayonlarida mehnat qilmoqda.







