Şuhrat Abbosovga köra, oqlangan şaxslarning işga tiklanişi masalasini körib çiqiş qaysi sudga taalluqliligi böyiça amaliyotda bir neça yil oldin tuşunmovçiliklar bölgan, lekin hozir bunday muammo yöq.

«Reabilitatsiya qilgan organ prokuratura böladimi, tergov organi böladimi, sud böladimi, ularning xatti-harakatlari aniq belgilab qöyilgan.

Jinoyat protsessual kodeksining 310-311-moddalarida qaysi talablar böyiça da'vo işi yuritiş tartibida sudga murojaat qiliş huquqi aniq qilib belgilangan.

Şuhrat Abbosov

Unga köra, reabilitatsiya etilgan şaxslarning huquqlari tiklanganini jinoyat işlari böyiça sud özining oqlov hukmida e'tirof etadi. Şundan söng, uşbu oqlov hukmi asosida fuqaro iş beruvçisiga borib, özini avvalgi işiga tiklaş, işsiz yurgan vaqtini iş stajiga qöşiş va oylik iş haqlarini undirişni ariza yozişi mumkin.

Ariza iş beruvçi tomonidan qanoatlantirilmasa, JPK 311-moddasiga asosan da'vo iş yuritiş tartibida köriladi, deya aniq qoida belgilangan. Şu nuqtayi nazardan, mana şu bosqiçlardan keyin fuqarolik işlari böyiça sudga berilgan biror bir da'vo arizasi körilmasdan qolmaydi», – deydi Şuhrat Abbosov.

Mavzuga doir: