27 iyulga ötar keçasi Rossiyaning Belgorod şahri Ukraina uçuvçisiz uçiş apparatlarining ommaviy hujumiga uçradi. Bu haqda Belgorod viloyati tezkor ştabi özining Telegram-kanalida xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga köra, hujum oqibatida 12 nafar tinç aholi vakili jarohatlangan. Ular orasida ikki nafar bola ham bor. Şuningdek, zarbalar natijasida bir neçta xonadon va avtomobillarda yonğin çiqqan.

Belgorod meri Valentin Demidov ham jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlagan. Uning aytişiça, hujum oqibatida ikkita köp qavatli uyda kommunal tarmoqlar vaqtinça öçirilgan.

Ayrim xonadonlarga aholining qaytişi hozirça imkonsiz ekani aytilmoqda. Şu sababli uşbu uylarda yaşovçilar vaqtinçalik joylaştiriş punktlariga yönaltirilgan.

Rostov viloyatida ikki kişi halok bölgan

27 iyulga ötar keçasi Rossiyaning Rostov viloyati ham hujumga uçragani xabar qilindi.

Viloyat gubernatori Yuriy Slyusarning ma’lum qilişiça, Rostov-Don şahrida hujum oqibatida er-xotin halok bölgan. Yana beş nafar kişi turli darajada jarohatlangan.

Rossiya ham Ukraina hududlariga zarbalar bergan

Ayni paytda, 27 iyulga ötar keçasi Rossiya qöşinlari ham Ukraina hududlariga uçuvçisiz uçiş apparatlari va raketalar bilan keng kölamli hujum uyuştirgan.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari ma’lumotlariga köra, Dnipropetrovsk, Sumi, Çernixiv, Zaporijjya, Xarkiv va Xerson viloyatlariga zarbalar berilgan.

Hozirça Rossiyaning Ukraina hududlariga bergan uşbu zarbalari oqibatlari va yetkazilgan zarar kölami haqida töliq ma’lumot keltirilmagan.