Muxlis.uz sayti ma'muriyatiga quyidagi savol bilan murojaat qilindi:

“Assalomu Alaykum qori aka! Mening Rossiyada bir tanişim bor. Millati özbek, muslima. U rossiyalik bir rus odamga turmuşga çiqqan. Biroq, turmuş örtoği nasroniy dinida. Islom dini bunga qanday qaraydi?”

Bunga esa şunday javob qaytarildi:

“Va alaykum assalom. Musulmon erkak muslimaga, şuningdek, ahli kitobdan bölgan pokiza (yahudiy yoki nasroniy) ayolga uylansa böladi. Alloh taolo bunga ruxsat bergan. Lekin muslima ayol faqat musulmon erkakka turmuşga çiqadi, ğayridin kişi bilan oila qurişi joiz emas. Nega, deyilsa, musulmon erkak ahli kitob turmuş örtoği haqini ado etadi, ammo ğayridin erkak muslima haq-huquqlariga e'tibor bermasligi, unga zulm qilişi, imon-e'tiqodiga ziyon yetişi mumkin. Qolaversa, farzand tarbiyalaşda ham otaning örni muhim bölib, muslima ayoldan tuğilgan bolalar ğayridin otaga öxşaşga, undan örnak olişga harakat qiladi. Şu va boşqa sabablar bilan muslima ayolning ğayridin kişi bilan turmuş qurişiga ruxsat etilmaydi. 

Qolaversa, özbek ayollarining özbekona madaniyatimiz va mentalitetimizga töğri kelmaydigan muhitda yaşaydigan ajnabiy kişilar bilan oila qurişlari tuğilajak farzandning milliy ruhda ösib-ulğayişiga ham töğanoq bölişi mumkin”.