Amerikalik işbilarmon Bryus Makovski Los-Anjyeles şahrida villa qurib, uni rekord miqdordagi mablağ evaziga sotuvga qöydi. 38 ming kvadrat fut (3,5 ming kvadrat metr) maydonga teng haşamatli uy uçun 250 million AQŞ dollari söralmoqda, deb yozmoqda Amerika OAV. Forbes va New York Post naşrlari bu villani AQŞ tarixidagi eng qimmat köçmas mulk deb atadi.

Yangi uy Los-Anjyelesning Bel-Eyr nufuzli tumanida joylaşgan bölib, ikkita uy egalarining yotoqxonasi, mehmonlarga möljallangan 9ta yotoqxona, oçiq va yopiq kinoteatr, tört yölakli bouling-xolldan taşkil topgan. Şuningdek, uy tarkibiga kiruvçi 17 ming kvadrat fut yer maydoni ham bor. U yerda dam oliş zonalari, fitnes-markaz, barbekyu va 25 metrga teng sun'iy hovuz joylaşgan. Tört qavatli haşamatli uydan Los-Anjyeles va Tinç okeanining ajoyib manzaralarini köriş mumkin.