Moskva meri Sergey Sobyanin 18-avgust kuni erta tongda Telegram orqali ma’lum qilişiça, duşanba - 17-avgust keçqurundan seşanba kuni soat 05:00 gaça Moskva viloyati hududida 180 dan ortiq uçuvçisiz uçiş apparati urib tuşirilgan.
Uning sözlariga köra, şu vaqt mobaynida Moskva mintaqasi tomon jami 620 ta dron uçgan. Sobyanin dronlar qaysi ob’yektlarni nişonga olgan bölişi mumkinligi haqida ma’lumot bermagan.
Ayni paytda, «Ostorojno, novosti» Telegram-kanali öz öquvçilariga tayanib, tun davomida Moskva viloyatining Noginsk, Jeleznodorojniy va Elektrostal hududlarida köplab portlaş ovozlari eşitilganini xabar qildi. Şuningdek, Pavlovskiy Posad hududida ham köp sonli dronlar kuzatilgani aytilmoqda.
Moskva viloyati gubernatori Andrey Vorobyovning ma’lum qilişiça, Ramenskoye okrugida dronning xususiy uy ustiga qulab tuşişi oqibatida 10 yoşli qiz qölidan parça jarohati olgan. U şifoxonaga yotqizilgan.
Bogorodskiy okrugida bir ayolga tibbiy yordam körsatilgan. Kolomnada esa 27 yoşli erkak jarohatlangan.
Kolomnada dron qoldiqlari qulab tuşişi natijasida «Globus» savdo markazi yaqinidagi savdo pavilonida yonğin çiqqan. Bundan taşqari, Moskva viloyatining Bogorodskiy okrugidagi «Atlant-park» hududida joylaşgan Wildberries omboriga ham dron kelib urilgani xabar qilindi.
Hujum fonida Moskva aeroportlari faoliyatiga ham çeklovlar kiritildi. Rossiya aviatsiyasi federal agentligi - Rosaviatsiya Vnukovo, Domodedovo va Jukovskiy aeroportlarida samolyotlarni qabul qiliş va uçirişga vaqtinçalik çeklovlar joriy etilganini ma’lum qildi.
Şeremetevo aeroporti atrofidagi havo hududidan foydalanişga ham çeklovlar qöyilgan. Biroq aeroportda reyslarni qabul qiliş va jönatiş tegişli idoralar bilan kelişilgan holda davom ettirilgan.
Ukrainaning Exilenova+ monitoring Telegram-kanali esa Moskva viloyatida dronlar hujumi va havo hujumidan mudofaa tizimlari işlayotgani aks etgani aytilgan videolarni tarqatdi.
Ayrim videolar va xabarlarga qaraganda, Moskva viloyatining Kotelniki şahridagi «Dyuna» turar joy majmuasi ham hujum oqibatida zarar körgan bölişi mumkin. Mazkur turar joy majmuasi Moskva neftni qayta işlaş zavodidan taxminan beş kilometr şarqda joylaşgan.












