Kun.uz 27 iyul kuni Moskva şahridagi quriliş maydonlaridan birida ötkazilgan reyd haqida xabar bergandi. Tahririyatga kelib tuşgan videolarda migrantlar yerda çökkalab yurişga majbur qilinganini köriş mumkin. Ularga nisbatan bunday munosabatning sababi ma’lum emas, murojaat qiluvçilar reyd ötkazganlarning kimligini ham bila olişmagan. Qiziği, heç kimdan heç qanday hujjat talab qilinmay va tekşirilmay turib, migrantlarga şunday holatda yuriş buyurilgan.
Migratsiya agentligi va Rossiyadagi diplomatik missiya holat yuzasidan örganiş işlarini olib bormoqda. Reyd ötkazilgani tasdiğini topdi, voqea joyida qöşni davlatlar fuqarolari ham bölgan. Kun.uz ga ma’lum qilinişiça, hujjatlar tekşiruvidan keyin olib ketilganlar Tojikiston fuqarolari hisoblanadi.
Agentlikning rasmiy munosabatida bildirilişiça, quriliş ob’yektida 320 nafardan ortiq xorijiy davlat fuqarolari, jumladan 70 ga yaqin özbekistonliklar işlaydi. Kun.uz ga taqdim etilgan foto va videolarda agentlik hamda Özbekistonning Moskvadagi elçixonasi vakillari ob’yektlarga borib, yurtdoşlarimiz bilan gaplaşayotgani aks etgan.
Agentlik Özbekiston fuqarolariga murojaat qilib, reydlar va boşqa holatlar davomida mehnat huquqlari buzilgan bölsa, qörqmasdan bildirişlarini söradi. Zarur hollarda agentlik jamğarmasi hisobidan 3000 AQŞ dollarigaça advokat xizmatlari xarajatlari qoplanişi ham aytilgan.
Biroq Kun.uz bilan gaplaşgan murojaatçilarga köra, e’lon qilingan videolardan keyin qurilişdagi işçilarga bosim kuçaygan. Ularning telefonlari tekşirilib, xabar kim tomonidan tarqatilganini aniqlaşga urinişmoqda. Şuningdek, işçilarga içkaridagi gapni taşqariga olib çiqmaslik ham buyurilgan.
Agentlik reyddan keyin olib ketilganlar orasida Özbekiston fuqarolari yöqligini aytmoqda, biroq tahqirlanganlar orasida yurtdoşlarimiz ham bölgan. Holat yuzasidan yakuniy munosabat e’qon qilinişi aytildi.

















