AQŞ kongressiga prezidentga biror davlatga uruş e'lon qilmasdan, yadroviy zarba berişni taqiqlovçi qonun loyihasi körib çiqiş uçun kiritildi. Bu haqda Foreign Policy xabar bermoqda. 

Qonun loyihasi mualliflari senator-demokrat Edvard Marki va kongressmen-respublikaçi Ted Lyu hisoblanadi. Ta'kidlanişiça, bunday taqiqlov sobiq prezident Barak Obama vaqtida muhokama qilina boşlagan va heç qanday natijaga olib kelmagan. Biroq  Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelişi bilan bu masala böyiça muzokaralar yana boşlandi.

"Yadroviy uruş insoniyatga jiddiy tahdid qiladi. Ayni vaqtda prezident Tramp terrorçilarga qarşi yadroviy zarba beriş mumkinligini taxmin qildi. Afsuski, AQŞ qonunçiligi ixtilof vaqtida  ogohlantiruvçi zarba beriş imkoniyatini qoldirib, prezidentga bunday huquqni beradi", deb aytdi senator Marki.

Uning fikriça, boşqa yadroviy davlat bilan ixtilof vaqtida yadroviy uruş tahdidi oşadi.

"Kongress dunyoda barqarorlikni saqlab qoliş uçun harakat qilişi kerak va AQŞ qanday holatlarda yadroviy zarba beradigan birinçi davlat bölişi şartlarini aniq körsatişi lozim", deb ta'kidlab ötdi kongressmen Lyu.

Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQŞ va Rossiya örtasida yadroviy kurolni simmetrik tarzda qisqartirişning imkoni yöqligini aytgandi.