Braziliyaning Riu-Grandi-du-Norti ştatidagi eng yirik turma hisoblangan Alkasus turmasidan kamida 56 mahbus qoçib ketdi. Bu haqda Globo telekanali xabar bermoqda.  
 
Ta'kidlanişiça, 14 yanvarda şu turmada isyon oqibatida 26 kişi halok bölgandi. 

Mahalliy aholining aytişiça, qoçoqlar soni ança köproq bölişi mumkin. Turma xodimlari murakkab vaziyat sababli sinçkov tekşiruv ötkazib, qoçoqlar sonini aniq hisoblay olişmagan.

Avvalroq Braziliya janubidagi turmadan 200 ga yaqin mahbus qoçib ketgani ma'lum qilingandi.